Oqshiyroq




Oqshiyroq — Tyanshandagi togʻ massivi, Qirgʻizistonda. Jan.-gʻarbdan shimoli-sharqqa tomon choʻzilgan va Norin daryosi bilan Sarijaz daryosi havzasi oʻrtasida suvayirgʻich. Uz. 50 km. 3 parallel tizmadan iborat. Eng baland joyi 5126 m. Metamorfik slanets, ohaktosh, granitlardan tarkib topgan. Tyanshandagi muhim muzlik markazi. Umumiy maydoni 439 km²; 59 muzlikdan eng kattasi Petrov muzligi boʻlib, Norin daryosi shu yerdan boshlanadi. Baland togʻ-subnival va glyasial-nival landshaftlar asosiy oʻrin tutadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz