Oqqovoq GESlari




Oqqovoq geslari - Oʻzbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiyalari. Toshkent viloyatidagi Chirchiq-Boʻzsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941-yil noyabrda kurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega boʻlgan 1-navba-ti 1943-yil 7-martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946 y iyulda qurila boshlanib, 1951-yil iyulda tugallangan. GESda yiliga oʻrta hisobda 170 mln. kVt-s elektr energiya-si hosil qilinadi. "Oʻzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasining "Chirchiq GESlar kaskadi" shoʻʼba korxonasi tarkibida. 2-GES 4 km quyiroqda, 1943—46 yillarda qurilgan. GES tuproq-toʻgʻon, uz. 2833 m boʻlgan ochiq derivatsiya kanali, bosim havzasi, stansiya binosi va ochiq elektr taqsimlash qurilmasvdan iborat. Stansiya binosida umumiy quvvati 9 ming kVtli 2 ta agregat oʻrnatilgan. GESda yiliga oʻrta-cha 65 mln. kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi, "Krdriya GESlar kaskadi" shoʻʼba korxonasi tarkibiga kiradi.

Elektr stansiyalar Toshkent viloyatining yirik sanoat korxonalarini va aholini elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz