Oqostona bobo maqbarasi




Oqostona bobo maqbarasi  — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (10-asr oxiri — 11-asr boshlari). Rivoyat qilinishicha bu yerda Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri boʻlmish Abu Xurayra dafn etilgan.

Tuzilishi



Maqbara chorsi xonali (tashqi oʻlchami 9 x 8,7 metr, ichki oʻlchami 5,65 x 5,80 metr), tarzlariga gʻishtlar mavj shaklida terilgan. Shimoli-sharqiy tarzidagi ravoq orqali kiriladi. Uning 2 yoniga ishlangan guldastadan faqat janubiy qismidagisi saqlab qolingan. Poygumbazi gʻoʻlasimon, yuqorisi qubba bilan yakunlangan. Gumbaz osti bagʻallari 8 qirrali, chuqur ravoqlar ishlangan. Imorat kvadrat shakldagi pishiq gʻishtlardan (hajmi 23-24 x 3.5 sm, 26 x 4.5 sm, 22.5 x 4 sm) va 10 x 10 x 66 sm qalinlikdagi loy qorishmasidan bunyod etilgan .

15-asrda janubi-sharqiy tomondagi devori qayta qurilgan. 19-asr oxirida usta Xudoyberdi yarim shikastlangan gumbazni qayta tiklagan, binoning sharqiy tomonidan qoʻshimcha kirish xonasini barpo etilgan.

Belgilar



Maqbara fasadida 3-3.5 metr balandlikdagi arkli kirish qismida oʻng va chap burchakda yetti burchakli yulduz tasviriga oʻxshash diametri yarim metrlik ikkita rozet belgisi mavjud. Yetti burchakli yulduz shakli Markaziy Osiyo bezak sanʼatiga xos boʻlmagan kompozitsiya hisoblanadi. Kirish qismidagi arkaning chap tomonidagi belgi markazida oʻsimlik tasviri, oʻng tomonidagisida esa quyosh tasviri tushurilgan.

Oqostona bobo maqbarasidagi ramziy belgilar bir-biri bilan uygʻun tarzda qilingan. Belgilar oʻzaro semantik tarzda bogʻlangan. Kirish qismning oʻng va chap tomonidagi belgilarni al-Xorazmiy, Ahmad al-Fargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlarida yozilgan Movaraunnahrning IX-XI asrlardagi belgilarning simentikasi asosida tahlil qilish kerak.

Joylashuvi



Oqostona bobo maqbarasi Surxondaryo viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Telpak-Chinor nomli qishloq yaqinida bunyod etilgan.

Arxeologik qazishmalar



Oqostona bobo maqbarasidagi ramziy belgilar Pugachenkova G.A.,Hakimov Z.A., Borodina I.F. tomonidan o'rganilgan.

2001—2002-yillar davomida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalarga koʻra Oqostona bobo maqbarasining old devor yaqinidan yetti qabr aniqlangan.

Taʼmirlanishi



Oqostona bobo maqbarasiga 2005-yilda ramziy qabr toshi oʻrnatilgan. Mazkur qabr toshi sandiq shaklida yasalgan boʻlib, kattaligi 215 x 55 x 45 x sm ni tashkil etadi. Qabrtosh ustiga Qur’on oyatlari va duolar yozilgan. Ammo Oqostona bobo haqida hech qanday lavha mavjud emas

Adabiyotlar




Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Oqostona bobo maqbarasi — O‘zbekistonda joylashgan qadimiy tarixiy yodgorliklardan biridir. Bu maqbara asosan o‘rta asrlar davrida qurilgan bo‘lib, uning arxitekturasi va bezaklari O‘rta Osiyo islom me’morchiligining o‘ziga xos namunalaridan biridir.

Oqostona bobo maqbarasi ko‘pincha ruhiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mahalliy aholining e’tiqodi va qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Maqbara ko‘p asrlar davomida ziyoratgoh sifatida xizmat qilgan, unga xalq tomonidan hurmat bilan qaralgan.

Maqbaraning tarixi va arxitekturasi haqida ma’lumotlar o‘rganilganda, u o‘zining noyob g‘isht ishlanmalari, mozaik bezaklari va o‘ziga xos minoralari bilan ajralib turadi. Ba’zi manbalarda Oqostona bobo maqbarasi hududdagi muhim diniy va madaniy markaz sifatida ham e’tirof etilgan.

Bugungi kunda Oqostona bobo maqbarasi tarixiy meros sifatida saqlanib qolmoqda va uning atrofida qadimiy yodgorliklarni o‘rganish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqbara O‘zbekiston madaniyati va tarixi uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Agar sizga maqbara haqida yanada batafsil tarixiy ma’lumot yoki arxitektura jihatlariga oid ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, murojaat qiling.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz