Oqkoʻl (qovun navi)




Oqkoʻl — kechpishar qovun navi. Haqli choʻziq ellipsimon, uz. 35—40 sm, vazni 3–6 kg. Dum tomoni sal burishgan, uch tomoni tekis. Butun usti oʻrtacha, uch tomoni siyrak toʻr bilan qoplangan. Poʻsti qattiq, eti och yashil, qalinligi 6—8 sm. Uzilgan paytda qattiq, asralganda yetilib, gʻoyat shirin boʻlib qoladi. Urugʻlari yirik, sariq, qovun etidan qiyin ajraladi. Urugʻdan unib chiqqach, hosili 95—105 kunda pishadi. Gektaridan 220—250 s hosil olinadi. Aprelgacha yaxshi saqlanadi. Asosan, Fargʻona viloyatida yetishtiriladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz