Oqko`l
Oqkoʻl — (qoz. Ақкөл) shahar, Oqkoʻl tumanining maʼmuriy markazi, temir yoʻl stansiyasi. 1997-yilgacha —
Alekseevka deb nomlangan. Ostona shahridan shimolga tomon 107 km masofada, koʻl yoqasida joylashgan. Poydevori 1887-yili qurilgan. 1939-yili qishloq, 1965-yili esa shahar mavqeini oldi. Aholisi 13612 kishi (2012).
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 17 °C, iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 350 mm.
Ijtimoiy soha
Oqkoʻlda qurilish materiallari kombinati, taʼmirlash-mex., kimyo sanoati, non, sut zavodlari, elevator, Astana gʻosht komb-ning filiali, S. Nurmagʻambetov nomli mezey faoliyat yuritmoqda. Tuman markaziy kasalxonasi, tubdispanser, 4 ta maktab, 14 ta maktabgacha boʻlgan bolalar mahkamasi, viloyat bolalar uyi, maktab-internat, sanatoriya, kasbiy-tex. uchilish, 2 ta madaniyat uyi, 12 ta kutubxona, kinoteatr bor. Oqkoʻl orqali Petropavlovsk — Astana temir yoʻli va avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org