Oqil Salimov




Oqil Umrzoqovich Salimov (1928-yil 24-dekabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — texnika sohasidagi olim, davlat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi Fanlari Akademiyasi akademik (1990), texnika fanlari doktori (1978), professor (1978).

Mehnat faoliyati




Ilmiy ishlari avtomobilsozlikka doir. S. tadqiqotlari avtomobil dvigatelining quvvatini oshirib borish, yuqori foydalanish koeffitsiyentiga ega boʻlgan yangi generatorni ishlab chiqish, mashina detallarining koʻp yilga chidamliligini oshirish va boshqalarda muxim rol oʻynadi. Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirishga taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga malakali kadrlar yetishtirishga S. muayyan qissa qoʻshdi. S. „Doʻstlik“ (1996), „El-yurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz