Oqil Azimov




Oqil Odilovich Azimov (1946.21.5, Toshkent) – patent-axborot sohasidagi olim, ixtirochi. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Toshkent poli-texnika institutini (1968), Standartlash va metrologiya institutini (Moskva) (1978), Butun jahon intellektual mulk tashkiloti Akademiyasini (Jeneva) (1997) tu-gatgan. Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutida ishlagan (1970–92), Oʻzbekiston Respu-blikasi Davlat patent idorasi direk-tori (1992-yildan). Azimovning ilmiy ishlari patent-axborot tahlili va ilmiy-texnikaviy ijodkorlik sohalariga doir. Azimov rahbarligida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va undan foy-dalanishning davlat tizimini tuzish hamda rivojlantirish boʻyicha ishlar olib boriladi. Uning ixtirolari bir qator sanoat va suv xoʻjaligi obyektlariga tadbiq etilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz