Oqbuloq (Arshali tumani)




Oqbuloq (qozoqcha: Ақбұлақ, 2007-yilgacha — Michurino) — Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyati Arshali tumanidagi qishloq. Oqbuloq qishloq okrugi maʼmuriy markazi. KATO kodi — 13431100.

Geografiyasi



Qishloq tumanning janubiy qismida, tuman maʼmuriy markazi — Arshali qishlogʻidan janubi-gʻarbda 4 kilometrga yaqin masofada joylashgan.

Dengiz sathidan balndligi 418 metr.

Iqlimi sovuq moʻʼtadil, namligi yaxshi. Havoning oʻrtacha yillik harorati manfiy boʻlib −4,0°S atrofida. Iyul oyining oʻrtacha oylik havo harorati +19,9° ga etadi. Yanvarning oʻrtacha oylik harorati −14,0 °C atrofida. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 420 mm ga yaqin. Yogʻingarchilikning asosiy qismi iyun va iyul oylariga toʻgʻri keladi.

Eng yaqin aholi punktlari: shimoli-sharqda Arshali qishlogʻi, janubda Oqtasti qishlogʻi, shimolda Izhevskoye qishlogʻi.

Qishloqning sharqida respublika ahamiyatga ega M-36 „Rossiya Federatsiyasi chegarasi (Yekaterinburggacha) — Olmaota, Qoʻstanay, Ostona, Qaragʻanda shaharlari orqali“ avtomobil yoʻli oʻtadi.

Aholisi



1989-yilda qishloq aholisi 925 kishi (58% ruslar)edi.

1999-yilda qishloq aholisi 819 kishi (398 nafar erkak va 421nafar ayol)edi. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra qishloqda 808 kishi (391 nafar erkak va 417nafar ayol) yashagan.

Koʻchalari[8][9]




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz