Oqayiq




Oq ayiq (lotincha: Ursus maritimus) — ayiqsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi; baʼzan alohida Thalarctos urugʻiga ajratiladi. Gavdasining uzunligi 2—2,5 m, baʼzan 3 m gacha, balandligi (yagʻrinidan) 1,5 m gacha, vazni 800 kg gacha. Yungi oq, baʼzan limon yoki kulrang tusda. Tovoni va panjalarining osti yung bilan qoplangan. Arktika faunasining tipik vakili, suzuvchi muzliklar va Shimoliy Muz okeani sohalari yaqinida yashaydi. Yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Asosiy ozigʻi — tyulenlar.

Past haroratga yaxshi moslashgan, gavdasi massasining 40 % ini yogʻ tashkil etadi. Atrof muhit harorati —50° gacha pasayganida ham tanasidagi gaz almashinuvi kuchaymaydi, yaʼni termoregulyasiya uchun qoʻshimcha energiya sarflamaydi. Mart—aprel oylarida urchiydi. Urgʻochisi 2 yilda bir marta (dekabr—yanvarda) 1—3 ta koʻzi yumuq bola tugʻadi. Boʻgʻoz urgʻochisi qor ostidagi inida qishki uyquga ketadi va faqat mart—aprelda bolalari bilan inidan chiqadi va kezib hayot kechiradi. Bolalari 1,5 yilgacha onasiga ergashib yuradi. Oq ayiqni terisi va goʻshti uchun koʻp ovlanadi. 1956-yildan ovlash man qilingan. 1976-yildan xalqaro muhofazaga olingan, Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Sinonimlari




Galereya




Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz