Oq uylik




Oq uylik — qadimda va oʻrta asrlarda davlatlararo siyosiy munosabatlarda siyosat garovi tariqasida bir davlatdan ikkinchi davlatga beriladigan kishilar. Oʻrta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida bir. hukmdor ikkinchi bir hukmdorga doʻstligi yoxud tobeligi isboti tariqasida oʻz tomonidan Oq uylik yuborar edi. Oq uylik sifatida tobe xukmdorning oʻgʻli, birodari yoki mamlakatning mashhur kishilaridan bir guruxi yuborilgan. Oq uyliklar mamla-katda doim nazorat ostida va xavfda yashardilar, chunki ularni yuborgan hukmdor oʻz axdini buzsa, Oq uyliklar oʻldirilishi mumkin edi. Baʼzan hukmdorlar oʻzlariga muxolif boʻlgan shahzodalar yoxud zodagonlarni tantanali suratda Oq uylik qilib yuborib, ulardan qutulganlar.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz