Oq Rozmarin




Rozmarin (Rosmarinus) — labguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi, efir moyli ekin. Oʻrta dengiz havzasida 1—3 turi usadi. Doim yashil buta. Boʻyi 1,5–2 m cha. Bargi va toʻpgulidan efir moyi olinadigan d o rivor P. (R. offi cinalis), asosan, Yevropa mamlakatlarida, shuningdek, Qrim va Kavkazda oʻstiriladi. Qalamchasidan, kamdankam urugʻidan koʻpaytiriladi. 2—3 yillik koʻchatlari ekiladi. Ekilgandan keyin 2—3yildan boshlab bargi va toʻpguli yigʻib olinadi. Hosildorligi 40—120 s/ga. Bargi va toʻpguli tarkibida parfyumeriya va tibbiyotda ishlatiladigan 1,5 — 2,5% (quruq moddaga nisbatan) efir moyi, 0,5% gacha rozmaritsin va boshqa alkaloidlar, ursol va rozmarin kislotalari bor. Butalari 7 — 9 yilda yoshartiriladi. R. 2 0—25 y. hosil beradi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz