Oq parpi
Oq parpi (Aconitum talassium Popov) — bu kop yillik o't o'simlik, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmasidagi son jihatdan qisqarib borayotgan, areali bo'lingan endem o'simlik turi.
Biologik tarif
Bo'yi 1,5 metrga yetadigan, kop yillik, tuganak, ildizpoyali o't. Ildizpoyasi tuganaklarning yonma-yon qo'shilishidan hosil bo'lgan. Poyalari oddiy, tik o'suvchi. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, qolganlari bandli, yaprogi asosigacha yirik tishli bo'laklarga ajralgan. Gullari poyaning yuqori qismida ornashgan, yirik shingil hosil qiladi, qo'qitmir. Iyun-Iyulda gullab, Iyul-Avgust oylarida mevasi yetiladi. Urug' bilan kopayadi.
Tarqalishi va o'sish sharoiti
Toshkent, Farg'ona, Jizzah, Qashqadaryo viloyatlari: Piskom, Chotqol, Qurama, Farg'ona, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalarida tarqalgan. Tojikiston va Qirg'izistonda ham uchraydi. Utun areali bo'ylab bir-biridan ancha uzoq joylashgan katta bo'lmagan to'plar hosil qiladi
Tog'larni o'rta va yuqori qismlaridagi nam yerlarda va yonbag'irlardagi buloqlarning atroflarida o'sadi. Ba'zan buloq bo'ylarida kichik parpizorlar hosil qiladi.
Ishlatilishi
Xalq tabobatida dorivor sifatida ishlatiladi.
Muhofaza choralari
Chotqol, Zomin qo'riqxonalarida va Milliy bog'ida o'stiriladi.
Manbalar
O'zbekiston Respublikasi Qizil Kitobi: 1 jild - 2009.
Бутков А.Я Сем. Ranunculaceae //Флора Узбекистана. Т.2. Ташкент: Изд-во АН УзССР, 1953, С.433-509
Havolalar
uz.wikipedia.org