Oq O‘rik




Oq oʻrik — ertapishar xoʻraki mahalliy oʻrik navi. Daraxti kuchli (balandligi 7,5 m oʻsadi. Chetdan changlanadi (Arzami, Koʻrsodiq navlari yaxshi changlovchi hisoblanadi). Mevasi oʻrtacha kattalikda, tukli vazni 30—40 g, rangi sariq, eti ti-gʻiz, mayin, sersuv, shirali. Iyun oyining 2-oʻn kunligida pishadi. Danagi oʻrtacha, magʻzi shirin. Mevasi tarkibida 11 — 16% qand, 0,6— 0,7% kislota, 16—20% quruq modda bor. Koʻchati oʻtqazilgandan keyin 5—6-yili hosil beradi. Tupidan 80–100 kg meva olinadi, mevasi yangiligida isteʼmol kilinadi, qoqi solinadi, murabbo tayyorlanadi. Sovuqqa chidamli. Toshkent va Fargʻona viloyatlarida koʻp ekiladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz