Oq o'rda




Oq oʻrda (rus manbalarida Koʻk Oʻrda) — Oltin Oʻrdannng bir qismi. Joʻji-xonning oʻgʻli Botuxon va uning avlodlari tomonidan idora qilingan; ik-kinchi qismini Joʻjixonning boshqa oʻgʻli Oʻrdaxon (Oʻrda-Ichen) boshqargan. Bu holat 13—14-asrlar davomida oʻzgarmay kelgan. Botuxon avlodiga nomigagina qaram boʻlgan Oʻrdaxon avlodlari keyinchalik, Sasibuqo davrida (1291 — 1310) toʻla mustaqil boʻlib olganlar. Oltin Oʻrda tushunchasi Botuxon davridan boshlab butun Joʻji ulusiga, 14-asr boshidan esa O.Oʻ. ga nisbatan qoʻllanilgan. O.Oʻ. tarkibiga Sirdaryo havza-sining katta qismi va Orol dengizining shim.sharqidagi choʻllardan Ishim va Sarisuv daryolarigacha yoyilgan hududlar kirgan. Poytaxti— Sigʻnoq shahri (Hozirgi Tumanariq temir yoʻl st-yasi yaqinida). 14-asr oxirida O.Oʻ. Amir Temur tomonidan zabt etilgan. 15-asrda O.Oʻ. hududida Oltin Oʻrdaning davomi si-fatida yangi davlatlar (Kamma Oʻrda, Noʻgʻay Oʻrda, Qosimovlar podsholigi hamda Oʻzbek, Qrim, Qozon, Sibir va boshqa xonliklar) vujudga kelgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz