Oq kema




„Oq kema“ (ruscha: Белый пароход), „Ertakdan keyin“ deb ham ataladi — qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. „Oq kema“ bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 1975-yil qissa asosida „Qirgʻizfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Oʻzbekcha tarjima



„Oq kema“ bir necha tilga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga 1971-yil „Qirgʻiziston“ nashriyoti chop etgan ruscha nashirdan Asil Rashidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Mirzoidov – muharrir, D. Fayzirahmonov – rassom, N. Galiyev – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, M. Orifjonova – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz