Oq chiyir bolalar taʼlim markazi




„Oq chiyir“ bolalar taʼlim markazi (qirgʻizcha: «Ак-Чыйыр» балдардын билим борбору, ruscha: Детский центр образования «Ак-Чыйыр») — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun moʻljallangan maktab-internat. Maktab qurilishini Quvayt tashkiloti moliyalashtirgan. „Chiyir“ soʻzi qirgʻiz va oʻzbek tillarida „oyoq, tuyoq izi, iz, yoʻl“ maʼnolariga ega.

Maktab qurilishi 2017-yilning mayida boshlanib, oʻsha yilning sentabr oyida yakunlandi. „Oq chiyir“ bolalar taʼlim markazi taxminan 315 oʻquvchiga moʻljallangan. Maktab notijoriy, nodavlat, ham bolalar, ham qizlar uchun moʻljallangan boʻlib, hech bir diniy oqimga aʼzo emas.

„Oq chiyir“ bolalar taʼlim markazida darslar qirgʻiz tilida olib boriladi. Bundan tashqari, maktab oʻquvchilari arab, ingliz va rus tillarini oʻrganishadi. Maktabda 1-dan 9-gacha sinflar bor.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz