Oq bugday tumani
Ak bugday tumani — Turkmanistonning Ahal viloyatidagi tuman. Bu tuman 1977-yil aprel oyida
Gävers tumani sifatida tashkil etilgan bo'lib, uning markazi shahar tipidagi Anau posyolkasida joylashgan. 1988-yil avgustda tugatilgandan so'ng, 1992-yilda Ahalning bir qismi sifatida qayta tiklangan va keyinchalik u Oq bugday (“oq bugʻdoy”) deb oʻzgartirilgan. Bu tumanda o'zgarishlar juda ham katta bo'lgan.
Etimologiya
Oq bugday bu turkiy tillarda "oq bug'doy" degan ma'noni anglatadi. O‘lkashunoslik ma’lumotlariga ko‘ra, oq bug‘doy birinchi marta shu hududda yetishtirilgan va bu tuman va uning viloyatining poytaxti Anau shahrida oq bug‘doyga bag‘ishlangan muzey hamda mahalliy arxeologiyaga oid muzeylar juda ham ko'p bo'lgan. Bu muzeylarga juda ham ko'p sayyohlar ham tashrif buyurishgan.
Sanoati
Ahal davlat elektr stansiyasi (turkmancha: Ahal Döwlet Elektrik Stansiýasy), Anaudan 9 kilometr shimolda joylashgan bo'lib, loyiha quvvati 650 megavattga teng bo'lgan. Ashxobod shahrini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun qurilgan. U 2010-yilda 254,2 MVt quvvatga ega ikkita gaz turbinasi bilan ishlay boshlagan. 2013-yilda uchta kichik gaz turbinasi va 2014-yilda yana ikkita gaz turbinasi qo‘shilib, quvvati 648,1 MVt ga yetkazilgan. Qo'shimcha quvvat, xususan, Ashxoboddagi Olimpiya qishlog'ini quvvatlantirish uchun zarur edi.
Manbalar
Andoza:Districts of Turkmenistan
uz.wikipedia.org