Optika va fotonika jamiyati




Optika va fotonika jamiyati (inglizcha: Society of Photo-Optical Instrumentation Engineers — SPIE) — optika va fotonika sohasidagi olimlar, muhandislar va talabalarning professional notijorat xalqaro uyushmasi.

Tarixi



SPIE jamiyati 1955-yil 1-iyulda tashkil etilgan va rasman ingliz tilida „Society of Photographic Instrumentation Engineers“ (Fotosurat asboblari muhandislari jamiyati) nomi bilan tanilgan. Soʻngra 1964-yilda "Society of Photo-Optical Instrumentation Engineers (SPIE)" (Foto-optik asboblar muhandislari jamiyati) jamiyatning rasmiy nomiga aylangan.

Faoliyati



SPIE 10 ta ilmiy jurnalni nashr etadi va 235 000 dan ortiq onlayn maqolalardan iborat raqamli arxivni saqlaydi. Arxiv har yili jami 17 mingdan ortiq ilmiy maqolalar bilan toʻldiriladi. Har yili dunyo boʻylab 140 dan ortiq seminar va konferensiyalar oʻtkaziladi. Ular orasida eng taniqlilari — SPIE Photonics West, SPIE Optics + Photonics, SPIE Advanced Lithography, SPIE Photomask Technology hisoblanadi.

SPIE jamiyati dunyoning turli burchaklaridan kelgan 17,5 mingdan ortiq aʼzolarni, 500 ga yaqin toʻliq aʼzolarni (inglizcha: fellows) va 100 ta talaba boʻlimlarini birlashtiradi.

SPIE quyidagi mukofotlarni tarqatadi:

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz