Optik giroskop




Optik giroskop - jismning aylanayotganligini bilishga va uning burchak tezligini aniqlashga imkon beradigan asbob. Ishi lazer nurlarining giroskopiklik xossalariga asoslanadi (qarang Giroskop). O. g.ning datchigi (qarang Datchik) vazifasini xalqasimon lazer oʻtaydi. U umumiy yoruglik kanali boʻyicha tor monoxromatik yorugʻlik dastalari tarzida tarqalib, bir-biriga roʻpara harakatlanayotgan ikki yorugʻlik toʻlqinlarini generatsiyalaydi (hosil qiladi). Halqasimon lazerning rezonatori bitta umumiy qattiq asosga biriktirilgan 3 ta (yoki koʻproq) koʻzgudan iborat. Bu koʻzgular berk sistemani hosil qiladi. Yorugʻlik dastalarining shu koʻzgulardan oʻtishi farqi boʻyicha giroskopiklik xossalari namoyon boʻladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz