Optik datchiklar




Optik datchik ( fotoelektrik datchik ) - optik elektron qurilma, fizik kattalikdagi kontaktsiz datchik boʻlib, unda turli turdagi fotodetektorlar - fotodiod, fotorezistor, termal nurlanish detektoridan va hokazolardan foydalaniladi.

Qurilma va printsip



Datchik uchta komponentdan iborat: nurlatuvchi, qabul qiluvchi va boshqaruv moslamasi (linzalar, optik tolalar, prizma va boshqalar) . Qabul qilgich ko'rinadigan, infraqizil yoki ultrabinafsha diapazonlarida nurlatuvchidan elektromagnit to'lqinlarni qayd qiladi va bu erda optik signal elektr signaliga aylanadi .

Ishlatilishi



Jismlarning holatini va harakatini aniqlanishida, sirt notekisligini, spektrometriyani , deformatsiyani va kuchlanishni o`lchanishida, haroratni kuzatishda qo'llaniladi. Optik datchiklar shaffof va yarim-shaffof ob'ektlarni, suv bug'ini, tutunni, aerozollarni aniqlashda yordam beradi. Optik datchiklar jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining ajralmas qismi sifatida , ob'ektlarning mavjudligi va sonini hisoblash, ularning yuzasida stikerlar, yozuvlar yoki teglar mavjudligini aniqlash, ob'ektlarni joylashtirish va saralash uchun keng qo'llaniladi.

Optik datchiklar yordamida siz masofani, o'lchamlarini, darajasini, rangi va shaffoflik darajasini nazorat qilishingiz mumkin. Ular avtomatik yoritishni boshqarish tizimlariga, masofadan boshqarish moslamalariga o'rnatiladi, xavfsizlik tizimlarida qo'llaniladi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz