Operatorlik Sanʼati




Operatorlik sanʼati - suratga olish uslubi orqali film mazmuni va gʻoyasini ochib berish hamda badiiy tasvir yaratish vazifasidan iborat kinematografiya va televideniyega xos boʻlgan badiiy ijod sohasi. O.sning rivoji kino sanʼati, tasviriy sanʼat, teatr, dramaturgiya va boshqa rivoji bilan chambarchast

50-yillarda N. Ryadov, A. Pann, P. Rasulov, X. Fayziyev kabi milliy suratga olish ustalari kirib keldi. 60—70-yillarga kelib oʻzbek operatorlari film mavzuini kengaytirish uchun yangi uslublar topishda izlandilar. D. Fatxullin ("Nafosat"), Davron Salimov ("Doyra"), T. Roʻziyev ("Yor-yor"), Sh. Junaydullayev ("Dilbarim") kabi yangi kuchlarning kelib qoʻshilishi filmlarning tasvir imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. 70—80-yillar oʻzbek kinosida keng tarqalgan janr va mavzu xilma-xilligi yangicha fikrlaydigan operatorlar yetishib chiqishini taʼminladi. Ayniqsa, A. Ismoilov ("Shiddat"), Sh. Mahmudov ("Ajoyib xayolparast"), T. Qayumov ("Jazirama quyosh ostidagi uy"), E. Aʼzamov, L. Simbirsev ("Ota nasihati"), D. Abdullayev ("Vatanga xizmat qilib"), N. Gʻulomov ("Suyunchi"), B. Nazarov ("Soʻz raisga") kabi operatorlarning xizmatlari alohida.

Mustaqillikdan soʻng Operatorlik sanʼati yanada gurkirab oʻsdi, imkoniyatlar kengaydi, janr va uslub jixatdan chuqurlashdi. Oʻzbek operatorlarining mahoratlari namoyon boʻlishida "Buyuk Amir Temur" (R. Ibrohimov), "Margʻiyona" (H. Hasanov), "Otamdan qolgan dalalar" (R. Galiyev), "Yolgʻiz yodgorim" (U. Hamroyev), "Ayollar saltanati" (H. Fayziyev,) "Tilsimoy — gʻaroyib qizaloq" (M. Mirzaahmedov) kabi filmlar yana bir katta "kuprik" vazifasini oʻtadi. Rej. Zulfiqor Musoqovning "Askar hikoyasi", "Abdullajon", "Ayajon", "Moʻʼjizalar maydoni" filmlari vizual sanʼat rivojlanishida boy "ozuqa"dir. Falsafiy gʻoya bilan sugʻorilgan U. Hamroyevning "Voiz" filmi yirik operatorlik ishi boʻddi. M. Qayumov, H. Fayziyev, A. Ismoilov, T. Nodirov, D. Salimov, Sh. Mahmudov, D. Abdullayev va boshqa respublikamizning eng taniq
li operatorlaridan.

Joʻra Teshaboyev.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz