Operativlik Sanʼati




Operativlik sanʼati - harbiy sanʼatnnng tarkibiy qismi; urush harakatlari maydonlarida qurolli kuchlar turlarining operativ birlash-malari tomonidan birgalikda yoki mustaqil operatsiya (amaliyot) va jangovar harakatlarni tayyorlash va amalga oshirish nazariyasi va praktikasi masalalarini oʻz ichiga oladi. Hujum, mudofaa, qoʻshinlarni operativ qayta guruhlashni tashkil etish, uni amalga oshirishni oʻrganadi va ishlab chiqadi. Operativlik sanʼati strategiya bilan taktika oraligʻidagi sanʼat boʻlib, ular oʻrtasida bogʻlovchilik rolini oʻynaydi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz