Opasiaklar




Opasiaklar — qad. Xorazm vohasidagi Jangadaryo boʻylarida yashagan sak qabilalari (miloddan avvalgi 7—2-asrlar). Miloddan avvalgi 7—5-asrlarda O. yarim oʻtroq hayot kechirib, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik hamda baliq ovlash bilan shugʻullangan. O.ning qarorgohlari harobasidan koʻplab jez, temir buyumlar, so-pol idishlar va tosh (kvarsit) qurollar topilgan. Miloddan avvalgi 4—2-asrlarda O. mada-niyati oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqqan. Bu davrga oid mudofaa inshootlari bilan mustahkamlangan antik shahar tipidagi yirik yodgorliklar (Chirik-rabot, Bobishmulla va boshqalar)da olib borilgan tekshirishlar natijasida O. madaniyati rivojlanganligi va uning Xorazm antik madaniyatiga yaqinligi aniqlandi (yana qarang Saklar).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz