Oort buluti




Oort buluti yoki Öpik–Oort buluti Quyoshdan 50 000 AB (~1 yorugʻlik yili) masofada joylashgan gipotetik kometalar bulutidir. Jan Oort sharafiga shunday nomlangan. Oort buluti juda uzoqda: u Quyoshga eng yaqin yulduz — Proxima Centaurigacha masofaning chorak qismida yotishi mumkin. Transneptun jismlari yigʻilgan boshqa ikki soha — Kuiper kamari va tarqoq diskkacha masofa Oort bulutigacha masofadan ming marta kichik. Oort bulutining tashqi tomoni Quyosh tizimining kosmografik chegarasini va Quyoshning gravitatsiyaviy hududini belgilaydi.

Oort buluti ikki mintaqa: tashqi sferik Oort buluti va ichki disksimon Hills bulutidan iborat ekanligi taxmin etiladi. Oort bulutidagi jismlar asosan muzlagan uchuvchan moddalardan (suv, ammiak va metan) iborat.

Astronomlar Oort bulutini tashkil qiluvchi modda Quyosh tizimi shakllanayotgan paytda Quyosh yaqinida shakllangan va keyinchalik gaz gigantlar gravitatsiyasi taʼsirida fazoga tortilib ketgan, deb taxmin etishadi. Biroq NASA 2010-yili chiqargan maqolada bunday fikr uchraydi:

Oort buluti kamida qisman Quyosh va unga qardosh yulduzlar orasidagi moddalar oʻzaro almashinuvi mahsuli ekanligi haqida farazlar bor.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz