Onur Kıvrak




Onur Recep Kivrak (1988-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan. U 2019-yil yanvar oyida professional futboldagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qilishidan oldin „Trabzonspor“da oʻynagan

Garchi u daʼvo qilmasa ham, u turk futboli muhitida „Kelebek“(Kapalak) nomi bilan tanilgan.

Klubdagi faoliyati



Kivrak 2008-yilning 15-yanvarida „Trabzonspor“ bilan shartnoma imzolagan. 2013-yilning 6-dekabrida Kivrak 2,5 million yevro yillik maosh bilan shartnomasini uzaytirgan va 2017-18-yilgi mavsum oxirigacha klubda qolgan.

2014-yilning 2-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Varshavaning "Legiya "siga qarshi oʻyinda Kivrak chap tizzasidagi xoch boylamlari yirtilishi tufayli jarohat olgan. Jarohatdan 15 kun oʻtgach, Kivrak tizzasidan operatsiya qilingan va 2014-15-yilgi mavsumining qolgan qismida safdan chiqgan. U 2015-yil 8-may kuni mashgʻulotlarga qaytgan.

Trabzonspor va Kivrak oʻrtasidagi shartnoma 2019-yil 7-yanvarda oʻzaro bekor qilingan. Kivrak Trabzondagi mahalliy matbuotga 2019-yil 9-yanvarda professional futbol faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgan. U mahalliy gazetaga bergan intervyusida Izmirga koʻchib oʻtishini va hech qachon Trabzonga qaytmasligini tilga olgan. U 2019-yil qishki transfer oynasida Izmirning mahalliy klublari Altay SK va Karşıyaka SK bilan bogʻlangan.

Xalqaro faoliyati



Onur Turkiya terma jamoasida debyutini 2010-yilning 26-mayida Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:0) oʻtkazgan. Onur U-16, U-17, U-18, U-19 va U-21 toifasida yoshlar terma jamoalarida oʻynagan.

Yevro-2016 uchun Turkiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

Statistika



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Trabzonspor




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz