Onon




Onon — Mongoliya va Rossiya Federatsiyasining Chita viloyatidagi daryo. Onon Ingoda daryosi bilan qoʻshilgach, Shilka daryosi hrsil boʻladi. Uz. 1032 km, havzasining maydoni 96,2 ming km². Xetney togʻligidan boshlanadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi etagida 191 m³/sek. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Xurax-Gol, Borzya, Unda, chapda — Agutsa, Kira, Aga. Suvi sugʻorishga sarf boʻladi va sanoatni taʼminlaydi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz