O`nik
Avnik , Oʻnik – Sharqiy Anadoluda, Arzirum shahridan sharqroqdagi qal’a. Koʻsatogʻ etagida joylashgan. A. 10– 11-asr boshlarida armanlarning Ani podsholigi davrida barpo qilingan. Amir Te-murning dushmani Qora Muhammadning istehkomi boʻlgan. Sohibqiron A.ni "besh yillik yurishi" (1392–96) pay-tida, 1394 yil 18-iyunda qamal qilgan va bir yarim oydan soʻng, 1-avgustda zabt etgan. Qalʼaga kutvol qilib Atalmish Havchin qoʻyilgan. Biroq Amir Temur 1395 yil Toʻxtamishxonga qarshi yurishga ketgan paytda Qora Muhammadning oʻgʻli Qora Yusuf fursatdan foydalanib A.ni egal-lagan. Amir Temur "etti yillik yurish" (1399–1404) paytida 1401 yil qalʼani ikkinchi marta olgan.Ashraf Ahmedov.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org