One Flew Over the Cuckoo's Nest (film)
Kakku uyasi uzra parvoz (inglizcha:
One Flew Over the Cuckooʻs Nest ) 1975-yilda katta ekranlarga chiqqan, Ken Keseyning „Kakku uyasi uzra parvoz“ romani asosida Milos Forman tomonidan suratga olingan drama janridagi AQSh filmidir. Film jahon kinematografiyasi tarixida beshta eng obroʻli nominatsiyalar boʻyicha Oscarni qoʻlga kiritgan ikkinchi film boʻldi. Kino tarixida Oscar, Oltin globus va BAFTA uchun beshtadan bosh sovrinlarni olishga muvaffaq boʻlgan birinchi film hisoblanadi. Filmda ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi bemor Randle McMurphy (Jack Nicholson) va uning doʻstlari tasvirlangan. Amerika film instituti Kakku uyasi uzra parvoz filmini 100 ta eng buyuk filmlar roʻyxatida 33-oʻringa joylashtirgan. Film beshta Oscar, oltita Oltin Globus va oltita BAFTA mukofotlarini qoʻlga kiritgan.
Filmni suratga olish 1975-yil yanvar oyida boshlangan va uch oy davom etgan. Tasvirga olish Oregon shtatining Salem shahri atrofidagi joylarda, shuningdek, Oregon qirgʻogʻida boʻlib oʻtdi. Produserlar filmni Oregon shtatidagi haqiqiy ruhiy kasalxonada suratga olishga qaror qilishdi, chunki bu ham romanning muhitiga mos edi.
1993-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi kutubxonasi tomonidan film „madaniy, tarixiy yoki estetik jihatdan ahamiyatli“ deb topildi va Milliy filmlar reyestrida saqlash uchun tanlandi.
Rollarda
Mukofot va nominatsiyalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org