One Direction
One Direction britan-irland boy band tipli musiqa guruhidir. 2010-yil Londonda tuzilgan bu guruh tarkibida Niall Horan, Zayn Malik, Liam Payne, Harry Styles va Louis Tomlinson ijro etishadi. The X Factor televizion koʻrik-tanlovida uchinchi oʻrinni egallab, Syco Records, keyinroq esa Columbia Records kompaniyasi bilan shartnoma imzolashgan.
2011-yil sentabrida „What Makes You Beautiful“ ashulasini chiqarib, One Direction xalqaro mashhurlikka erishdi. Guruh aʼzolari Pokémon, Nokia, HarperCollins va Hasbro mahsulotlari reklamalarida qatnashishdi.
One Direction BRIT Award va MTV Video Music Awards mukofotlarini qoʻlga kiritgan.
Diskografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org