Ondrjey Kudela




Ondřej Kúdela talaffuzi: Ondrjey Kudela; 1987-yil 26-martda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Persia Jakarta va Chexiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Avvalroq 1. FC Slovácko, Sparta Prag, Mladá Boleslav, Slovan Liberec va Slavia Praga klublarida oʻynagan. Kúdela ijarada \Kladno va Qozogʻistonning Ordabasy klublari sharafini himoya qilgan.

Oʻyin uslubi



Kúdela odatda markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi, ammo himoyaviy yarim himoyachi sifatida ham maydonlarga tushgan. 2021-yilgi mavsum yakunida Chexiya chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb topilgan.

Klublardagi faoliyati



Kúdela 1. FC Slováckoning yosh toifadagi jamoasi orqali asosiy jamoaga oʻtgan va 2005-yilda klubda professional debyutini oʻtkazdi.

2007-yilda Sparta Praguega oʻtdi va oʻsha yili Kladnoda yarim yillik ijara asosida ham oʻynadi

2009-yilda FK Mladá Boleslav isteʼfoga chiqqan Jan Rajnochning oʻrnini bosish uchun Kúdela bilan shartnoma imzoladi. 2014-yilda Qozogʻistonning Ordabasy jamoasida yarim yil ijarada oʻynadi. Oʻsha yili Boleslavga qaytdi va shu klubda umumiy 8 mavsum oʻynadi. Klub bilan 2010—2011 yilgi va 2015—2016 yilgi Chexiya kubogini qoʻlga kiritgan.

2017-yilning yanvarida Kúdela Slovan Liberec bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.

2018-yilda bosh murabbiy Jindřich Trpišovský Kúdelani koʻp oʻtmay SK Slavia Prague klubiga oʻtkazdi. „Slavia“ bilan jami uchta chempionlik, uchta kubok va bitta superkubokni qoʻlga kiritdi.

2022-yil iyun oyida Indoneziya 1-ligasi jamoasi Persija Jakartaga oʻtdi. 2022-yil 23-iyulda Bali Unitedga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini o‘tkazdi. Uchrashuv 0:1 hisobida Bali foydasiga hal boʻldi.

Faoliyat statistikasi



Klub



6-dekabr, 2022-yil

Xalqaro



25-sentyabr, 2022-yil[14]

Yutuqlari



SK Slavia Prague

Chexiya U-20

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz