Ona Albaniya




Ona Albaniya (albancha: Nёna Shqiperi) — Albaniya shahidlari milliy qabristoni yaqinida joylashgan oʻn ikki metrli haykal. 1971-yilda qurilgan.

Yodgorlik mualliflari Muntas Dhrami, Kristak Rama va Shaban Xaderi.

Haykal majoziy maʼnoda mamlakat uchun jonini fido qilgan barcha halok boʻlgan askarlarni qoʻriqlayotgan ona sifatida gavdalanadi. Katta haykalda dafna gulchambari va yulduz bor.

Haykal uch metrlik poydevor ustiga oʻrnatilgan boʻlib, uning ustiga „Vatan shahidlarining mangu shon-shuhratlari“ („Lavdi e perjetshme deshmoreve te Atdheut“) yozuvi oʻyib yozilgan

Haykal betondan yasalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz