O‘n bir Axmad ziyoratgohi
O‘n bir Ahmad ziyoratgohi — Namangan shahar, Davlatobod tumani Gʻirvon qishlogʻida joylashgan ziyoratgoh hisoblanadi. Yangi maqbara binosi 1991-yilda qayta qurilgan.
Tarixi
Mazkur ziyoratgoh islom olamining turli go‘shalarida va turli yillarda yashab o‘tgan o‘n bir Ahmadlar nomi bilan ataluvchi tasavvuf ilmi namoyandalari bo‘lgan shayxlar hurmati uchun tiklangan ziyoratgoh hisoblanadi. Fiqh va tariqat vakili O‘n bir Ahmad hazratlarining qabrlari payg‘ambar Muhammadga borib taqaladi. Ushbu ziyoratgoh qishloqning Shimoliy tomonida, Shimoliy Fargʻona kanalining kunchiqar yoqasidagi katta bogʻning yuqori qismida joylashgan. „Oʻn bir Ahmad“ deyilganda, oʻn bitta avliyo Ahmadlarning biri tushunilgan. Lekin ularning qaysi biri, qachon bu yerga dafn etilganligi maʼlum emas. Bu esa insoniyat ruxiy olamining buyuk ustunlaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy zotlaridir. Ulugʻ shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu zot xaqida shunday degan edi „Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston Mulkining shayxul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashxur, karomati matovoliy va nomaxsur ermish. Murid va asxob xoyatsiz va shoxu gado aning irodat ixlos ostonida nixoyatsiz emish“. Ana shulardan biri Gʻirvon qishlogʻida boʻlib, asrlar dovomida ezgu niyat egalarining aziz ziyoratgoxiga aylangan. Ul zotning qabri sobiq ittifoq mafkurasi zaminida „adashganlar“ tomonidan buzib yuborilgan edi.
Qayta tiklanishi
Ziyoratgohda 1991-yilda O‘n bir Ahmadga bag‘ishlab yangi maqbara binosi qurildi. Ushbu ziyoratgoh 1992 — 1993-yillarda hashar yo‘li bilan qayta tamirlangan. Hozirgi kunda O‘n bir Ahmad ziyoratgohi diqqatga sazovar joylar toifasidagi mahalliy ahamiyatdagi obyekt hisoblanadi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org