O‘n bir Ahmad ziyoratgohi




O‘n bir Ahmad ziyoratgohi  — Namangan shahar, Davlatobod tumani Gʻirvon qishlogʻida joylashgan ziyoratgoh hisoblanadi. Yangi maqbara binosi 1991-yilda qayta qurilgan.

Tarixi



Mazkur ziyoratgoh islom olamining turli go‘shalarida va turli yillarda yashab o‘tgan o‘n bir Ahmadlar nomi bilan ataluvchi tasavvuf ilmi namoyandalari bo‘lgan shayxlar hurmati uchun tiklangan ziyoratgoh hisoblanadi. Fiqh va tariqat vakili O‘n bir Ahmad hazratlarining qabrlari payg‘ambar Muhammadga borib taqaladi. Ushbu ziyoratgoh qishloqning   Shimoliy tomonida, Shimoliy  Fargʻona  kanalining kunchiqar yoqasidagi  katta bogʻning  yuqori qismida joylashgan. „Oʻn bir Ahmad“ deyilganda, oʻn bitta  avliyo  Ahmadlarning biri tushunilgan. Lekin ularning qaysi biri, qachon  bu yerga dafn etilganligi  maʼlum emas. Bu esa insoniyat ruxiy olamining  buyuk ustunlaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy zotlaridir. Ulugʻ shoir va mutafakkir  bobomiz Alisher Navoiy  bu zot xaqida shunday degan edi „Xoja Ahmad Yassaviy  Turkiston Mulkining shayxul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashxur, karomati  matovoliy va nomaxsur ermish. Murid va asxob  xoyatsiz va shoxu gado aning irodat  ixlos ostonida  nixoyatsiz  emish“. Ana shulardan biri  Gʻirvon qishlogʻida boʻlib, asrlar dovomida  ezgu niyat egalarining  aziz ziyoratgoxiga aylangan. Ul zotning qabri sobiq ittifoq mafkurasi zaminida „adashganlar“ tomonidan buzib yuborilgan edi.

Qayta tiklanishi



Ziyoratgohda 1991-yilda O‘n bir Ahmadga bag‘ishlab yangi maqbara binosi qurildi. Ushbu ziyoratgoh 1992 — 1993-yillarda hashar yo‘li bilan qayta tamirlangan. Hozirgi kunda O‘n bir Ahmad ziyoratgohi diqqatga sazovar joylar toifasidagi mahalliy ahamiyatdagi obyekt hisoblanadi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz