Omot tillari




Omot tillari - Jan.-Gʻarbiy Efiopiyada tarqalgan tillar guruhi. Soʻzlashuvchilarning umumiy miqdori 2 mln. kishiga yaqin. Omot tillarining genetik mansubligi haqidagi fikrlar bir xil emas: baʼzi olimlar ularni kushit tillari tarmogʻiga mansub desalar, koʻpchilik olimlar Omot tillari afrika-osiyo tillarining alohida guruhi deb hisoblaydilar.

Omot tillarining asosiy guruhchalari: aribanna, dizimaji, kaffa, gimirra-janjero, ometo (volamo, ometo, chara, zayse va boshqa tillar). Omot tillari fonologik jihatdan boshqa kushit tillariga yaqin; lablangan va chuqur til orqa undoshlari mavjud emas; otlarda jins va son grammatik kategoriyalari barham topgan, lekin kelishik kategoriyasi ri-vojlangan; sifat alohida soʻz turkumi tarzida ajratilmaydi. Koʻplik sondagi kishilik olmoshlari; suffikslar yordamida soʻz va shakl yasalishi, gapdagi soʻz tartibi kushit tillaridagiga oʻxshash, leksikasi bir oz farq qiladi. Omot tillari oʻz yozuvlariga ega emas.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz