Omonxona (qishloq)




Omonxona  — Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga qarashli qishloq. Tuman markazidan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan. Atrofi qir-adirliklar bilan oʻralgan. Tabiati soʻlim. Qishloqda ming nafardan ortiq aholi, 150 xoʻjalik istiqomat qiladi. Qishloqda shifobaxsh buloq mavjud boʻlib, sayyohlarning asosiy qismi u yerga tashrif buyurishadi. Qishloqda „O‘zbekiston temir yo‘llari“ aksiyadorlik jamiyatining 160 o‘rinli sanatoriysi mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rayisligida 2023-yil 7-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida Omonxona qishlogʻida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanishi, yo‘l bo‘yida 200 dan ziyod servis obyektlari barpo etilishi va kamida ming ish o‘rni yaratilishi aytib oʻtilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz