Omonqoʻton Gʻori




Omonqoʻton gʻori  — mustye davriga oid gʻor. Samarqand viloyati, Ur-gut tumanidagi Omonqoʻton qishlogʻidan 2 km sharq tomondagi Bulbulzorsoyning baland sohilida joylashgan. Arxeolog D. N. Lev tekshirgan (1947— 57). 2 ta madaniy qatlam aniqlangan. Omonqoʻton gʻorida yashagan odamlarning mehnat qurollari diorit, kvars va chaqmoqtoshdan yasalgan qirgʻichlar, tigʻi qirrali qoʻpol pichoqlar, nayzasimon tosh qurollar va nukleuslardan iborat (jami 140 ta tosh qurol topilgan). Gʻordan koʻpdab hayvon (arhar, qoʻngʻir ayiq va boshqalar) suyaklari chiqqan; suyaklar uzunasiga yorilgan, ularda olovda kuyganlik izlari bor. O.gʻ. Oʻzbekistondagi eng qadimgi manzilgoxlardan boʻlib, fan uchun ahamiyati katta.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz