Omonova Ominaxon Ergashevna




Ominaxon Ergashevna Omonova (1957.21.8, Andijon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1977). 1977-yildan Andijon shahridagi 27-maktabda tarix oʻqituvchisi, 2001-yildan Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi Kuygan-yor akademik litseyida huquqshunoslik fani oʻqituvchisi. Yosh avlodga bilim berishda turli metodik qoʻllanmalardan foydalanadi. Maktabda fan kabineti tashkil etib, zamonaviy oʻquv qurollari bilan jihozlagan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz