OMON (Belarussiya)
Maxsus maqsadli politsiya otryadi (ruschada:
Отряд милиции особого назначения (
ОМОН )) - Belarusiya ichki ishlar organlarining maxsus maqsadli bo'linmasi hisoblanadi. Jamoat xavfsizligi politsiyasining bir qismi bo'lib, ichki ishlar organlarining vakolatlari bilan bog'liq maxsus vazifalarni bajaradi.
Asosiy vazifalari
Tashkil topish tarixi
1988-yil, 3-oktyabrda SSSR Ichki ishlar vazirligining buyrug'i bilan Sovet Ittifoqi hududida birinchi 19 ta maxsus politsiya bo'linmalari tashkil etiladi.
1988-yil 22-noyabrda Minsk shahar ijroiya qo'mitasining ichki ishlar boshqarmasi buyrug'iga asosan mamlakatda zo'ravonlik, tajovuzkorlik bilan bog'liq xavfli jinoyatlar sonining ko'payishi hamda noqonuniy, shu jumladan ekstremistik tashkilotlar faoliyatining kuchayishi munosabati bilan respublikadagi birinchi maxsus politsiya otryadi tashkil etildi (Minsk "OMON"chilari).
SSSR parchalanganidan keyin OMON Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yurisdiksiyasi va Minsk shahar ijroiya qo'mitasining Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbarligi ostida qoldi.
Keyinchalik esa Belarus Respublikasining barcha viloyati markazlarida shunga o'xshash bo'linmalar tashkil etiladi.
Boshliqlar
Vazifadoshlari
Belarusiyada shunga o`xshash bo'lgan boshqa birliklar ham mavjud: SPBT Almaz, SOBR, KGB Alfa .
Xalqaro sanksiyalar
OMON zobitlari bir necha bor xalqaro sanksiyalarga duchor bo`lishgan. 2020-yil, 2-oktyabrda Yevropa Ittifoqi o'zining sanksiyalar ro`yxatiga (санкционный список[be-tarask]) Minsk, Vitebsk, Gomel va Brest "OMON"chilarining qo'mondonlari Dmitriy , Leonid Juravskiy, Mixail Domarnatskiy, Maksim Mixovichlarni kiritdi. Xuddi shu xodimlar Buyuk Britaniya , Kanada va Shveytsariya sanksiyalar ro'yxatiga ham kiritilgan. Qo'shma Shtatlar 2-oktyabrda Dmitriy Balabani maxsus tayinlangan fuqarolar va taqiqlardagi shaxslar ro'yxatiga qo'shdi . 23-dekabrda Minsk "OMON"i ham AQSh sanksiyalari ostida qoldi.
Eslatmalar
Havolalar
uz.wikipedia.org