Omolon




Omolon — RF Magadan viloyati va Saxa (Yakutiya)dagi daryo. Kolimaning oʻng irmogʻi. Uz. 1114 km, havzasining maydoni 113 ming km². Kolima togʻligidan boshlanib, Yukagir yassitogʻligining sharqiy chekkasidan, quyi qismida Kolima pasttekisligidan oqib oʻtadi. Kor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Okt.da muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Molongda, Oloy, Oloychan; chapda — Kedon. Quyi oqimida yogʻoch oqiziladi. Shcherbakovo pristanidan quyilish joyigacha (600 km) kema qatnaydi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz