Ommaviy qoʻshiq




Ommaviy qoʻshiq - qoʻshiq turi; xalq orasida ommalashuviga moʻljallangan kompozitor asari. Koʻpincha jamoaviy (xor) tarzda, cholgʻu joʻrligisiz ijro etiladi. Ommaviy qoʻshiq namunalariga band (band-naqarot) shakli, yorqin, esda qoladigan kuyi, ayni paytda, musiqiy va sheʼriy bayonining oddiyligi, kuy hajmining oʻrta vokal re-gistrga asoslanganligi xosdir. Asosan, namoyish, miting, yirik yigʻilish kabi jamoaviy tadbirlarda ijro etiladi. Ilk namunalari Buyuk Fransiya inqilobi davrida yuzaga kelgan (mas, "Marselyeza" — hozirda Fransiya Davlat madhiyasi). Inqilobiy qoʻshiq, harbiylar (safda ijro etiladigan) qoʻshigʻi, Davlat madhiyasi kabi turlari bor. Oʻzbekistonda 20-asrning 1-choragida yuzaga kelgan (Hamzaning "Biz ishchimiz", "Xoy ishchilar" va boshqalar), keyinchalik bastakor (T. Jalilov, K. Jabborov va boshqalar) va kompozitor (S. Yudakov, M. Burhonov)lar ijodida oʻrin olgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz