Omi, Nagano




Omi (yaponcha: 麻績村 Omi-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1130 ta xonadonda 2738 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 80 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 34,48 kvadrat kilometr (13,31 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi



Omi Nagano prefekturasining markazida joylashgan. Qishloqda Kitayama toʻgʻoni va Hijiri togʻlari qad rostlagan.

Atrofdagi munitsipalitetlar




Iqlimi



Qishloq issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Omi qishlogʻida oʻrtacha yillik harorat 10,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1159 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,7 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,3 °C atrofida boʻladi.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Omi qishloq aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida kamayib bormoqda.

Tarixi



Hozirgi Ikusaka hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan va „Omi“ nomi Kamakura davrida Azuma Kagami tarkibida paydo boʻlgan. Hudud Edo davrida Matsumoto domenining bir qismi edi. Ikusaka qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 2004-yilda qoʻshni Chikuhoku bilan birlashishga boʻlgan urinish saylovchilar tomonidan rad etilgan.

Iqtisodiyoti



Qishloq iqtisodiyoti dehqonchilikka asoslangan.

Taʼlim tizimi



Omida bitta davlat boshlangʻich maktabi va qoʻshni Chikuhoku qishlogʻi bilan birgalikda faoliyat yuritadigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transporti



Temir yoʻl




Magistral yoʻl




Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz