Omdurman




Omdurman — Sudandagi shahar. Oq Nil daryosi boʻyida (uning Koʻk Nilga qoʻshilish joyida). Aholisi 230 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Hartum va Shimoliy Hartum shaharlari bilan birlashib yirik aglomeratsiyani tashkil etadi. Savdotransport markazi (chorva, teri, matolar bilan savdo qilinadi). Toʻqimachilik, teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Islom universiteti, Milliy teatr, Maxdi Muhammad Ahmad maqbarasi bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz