Omar Hawsawi




Omar Hawsawi (talaffuzi: Umar Havsaviy) (arab:ʿmr hwsạwy; 1985-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Saudiya Arabistoni futbolchisi, hozirda „Al-Ittihod“ jamoasida oʻynaydi. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni terma jamoasi sharafini himoya qilgan va 2013—2019-yillarda 53 ta oʻyin oʻtkazgan. U 2018-yilgi Jahon chempionati va 2015 va 2019-yillardagi Osiyo kubogi musobaqalarida ham ishtirok etgan.

Professional faoliyati



Hawsawi dastlab Al-Shabab jamoasining yoshlar tarkibining bir qismi boʻlgan, ammo u asosiy jamoada debyutini oʻtkazmasdanoq jamoa yoshlar klubidan ketgan. „Ash-Shabob“ klubidan ketganidan soʻng Hawsawi „Al-Vashm“ jamoasiga qoʻshildi. U undan keyingi jamoasi hisoblangan Al-Shoulla jamoasiga qoʻshilishdan oldin Al-Vashm jamoasi safida bir yil oʻynadi.

Al-Shoulla



Uning Al-Shoula jamaosi safidagi ilk oʻyini „Al-Faysaliy“ jamoasiga qarshi boʻlgan. Biroq ush jamoa safida ham bir yil oʻynaganidan soʻng u ketdi. U ishbu jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini „Al-Jeel“ klubiga qarshi oʻtkazdi.

Al-Nassr



2010-yil 13-oktabrda Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2011-yil qishgi transferlar asosida klubga qoʻshildi. U 2011-yil 24-fevralda „Al-Faysaliy“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:2) asosiy jamoa safida oʻzining ilk debyutini qilgan. 2013−2014-yilgi mavsumda u 22 ta oʻyinda maydonga tushib, „Al-Nassr“ jamoasiga Saudiya Arabistoni ligasi va Valiahd shahzoda kubogini yutishda yordam berdi. 2014-yilning 15-yanvarida Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnomasini 4-yilga uzaytirdi. 2014−2015-yilgi mavsumda u ushbu jamoa bilan yana Saudiya Arabistoni Ligasini yutgan. 2017-yilning 4-aprelida „Al-Nassr“ klubi himoyachi Omar Hawsawining tibbiy koʻriklari chorak finalda „Al-Hilol“jamoasiga qarshi oʻyindan soʻng tizzasidan yengil jarohat olgani va besh kun dam olish va davolanishga muhtojligini eʼlon qildi. 2018-yilning 28-yanvarida Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnomasini yana bir bor yangiladi. 2018—2019-yilgi mavsumda Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi sardori boʻldi, 4 yil ichida birinchi bor oʻz sardorligidagi jamoasini liga chempioni qildi (Saudiya Arabistoni Ligasining 8-chempioni).

Xalqaro maydonda



2018-yilning may oyida u Saudiya Arabistonining 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibidan joy oldi. 2019-yil 3-oktabr kuni Omar Hawsawi oʻzining rasmiy Twitter sahifasi orqali xalqaro miqyosda nafaqaga chiqishini eʼlon qildi. U Saudiya Arabistoni terma jamoasi sharafini 3 ta yirik turnirda, 2015 va 2019-yilgi OFK Osiyo kuboglari va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



2021-yil 30-may holatiga ko`ra[15]

Xalqaro oʻyinlari



2019-yil 10-sentabrda holatiga koʻra

Xalqaro gollari



Gollar va natijalar ustunida birinchi oʻrinda Saudiya Arabistoni terma jamoasining gollari roʻyxatini koʻrsatadi[16].

Yutuqlari



Al-Nassr

Manbalar




Havolalar




Izohlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz