Omar Gaber
Omar Gaber (talaffuzi: Umar Gaber; 1992-yil 30-yanvarda Misrning Qohira shahrida tugʻilgan) — misrlik futbolchi, „Pyramids“ futbol klubi va Misr terma jamoasi himoyachisi. 2012-yilgi London yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2018-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati
2016-yilning yozida Omar Shveytsariyaning „Bazeli“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 1,65 million yevroni tashkil qilgan. 24 iyul kuni „Sion“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Shveytsariya Superligasida debyut qilgan.
2017-yil noyabr oyida Gaber 2018-yil 1-yanvardan boshlangan bir yillik ijara evaziga Amerikaning Los-Angeles shahriga koʻchib oʻtishga rozi boʻlgan. Uni Amerika klubiga oʻtishga avvalroq Omar bilan Misr terma jamoasida ishlagan murabbiy Bob Bradley koʻndirgan. 14-aprel kuni Kanadaning „Vancouver Whitecaps“ jamoasiga qarshi oʻyinda u MLSda debyut qilgan.
2018-yil 12-iyulda „Los Angeles“ futbol klubi ijara shartnomasi asosida, Gaberni sotib olgan, lekin uni darhol Misrning „Pyramids“ futbol klubiga qayta sotgan.
Xalqaro faoliyati
2011-yilda Misr yoshlar terma jamoasi tarkibida Gaber Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Braziliya, Panama va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Braziliyaliklarga qarshi kechgan duelda Umar gol urgan.
2011-yil 3-sentabrda Gaber Misr terma jamoasida debyut qilgan va 2012-yil Afrika Millatlar Kubogi saralashida Syerra-Leonega qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan.
2012-yilda Gaber terma jamoaning London Olimpiadasiga borishi uchun tarkibga kiritilgan. Turnirda u Yaponiya va Belarus terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2017-yilda terma jamoa tarkibida Gaber Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogining kumush medali sohibiga aylangan. Turnirda u faqat Burkina-Fasoga qarshi yarim final uchrashuvida maydonga tushgan.
2018-yilda Omar Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnir davomida biror marta futbolchi maydonga kiritilmagan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org