Omar Elabdellaoui




Omar Elabdellaoui (talaffuzi: Omar Elabdellaui; 1991-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Norvegiya milliy futbol jamoasida oʻng qanot himoyachisi va oʻng qanot yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Manchester City



Norvegiyaning „Skeid“ klubida oʻynagach, 16 yoshida Angliyaning „Manchester City“ klubiga oʻtgan. Scott Sellars, shaharning U18 jamoasi murabbiyi, 2010-yil yanvar oyida Norvegiya TV 2 telekanaliga bergan intervyusida Elabdellauining „katta kelajagi“ borligini aytdi. Elabdellaui akademiyada ajoyib harakat qildi. Biroq 2010-yil 16-dekabrda „City“ning Yuventus ga qarshi Yevropa Ligasi oʻyinida zaxira oʻrindigʻida oʻtirdi.

Strømsgodset



2011-yilning 31-martida Norvegiyaning „Strømsgodset“ klubiga ijaraga berildi. Strømsgodsetda „City“dagi jamoadoshlari Mohammed Abu va Razak Nuhu bilan oʻynadi. 2011-yil 28-may kuni Fredrikstadga qarshi liga oʻyinida oyogʻini sindirib oldi va operatsiya uchun Manchesterga qaytdi. 1-sentabr kuni Strømsgodsetga qaytdi va u yerda 2011—2012-yillgi mavsum oxirigacha jami 12 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Feyenoord



2012-yil iyun oyida Elabdellaui „City“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 2012—2013-yilgi mavsum uchun Gollandiyaning „Feyenoord“ klubiga ijaraga berildi.

Eintracht Braunschweig




2013-yilning yanvarida Elabdellaui Germaniyaning „Eintracht Braunschweig“ klubiga 2012—2013-yilgi 2. Bundesliga mavsumining ikkinchi yarmi uchun ijaraga berildi. Jamoasi bilan Bundesligaga koʻtarildi. 10-may kuni klub ijara shartnomasi doimiy tuzilganini eʼlon qildi.

2013-yilning 10-avgustida „Werder“ga qarshi oliy ligada debyut qildi. Mavsumning dastlabki uchta oʻyinini oʻng qanot himoyachisi sifatida boshladi. Hamburgga qarshi keyingi oʻyinda zaxirada oʻtirdi.

Olympiacos




2014-yilning 17-iyunida Gretsiyaning „Olympiacos“ klubi unga shartnoma taklif qildi. Ertasi kuni klub bilan shartnoma imzoladi va klub aʼzosi boʻlishidan juda xursand ekanligini aytdi.

Hull Cityga ijara



2017-yil 20-yanvarda Elabdellaui „Hull City“ bilan ijara shartnomasi imzoladi. „Hull“ga mavsum oxirida shartnomani doimiy qilish imkoniyati berildi. Ikki kundan soʻng „Chelsea“ga qarshi safarda debyut qildi.

Galatasaray



„Olympiacos“dan ketganidan soʻng Elabdellaui Turkiyaning „Galatasaray“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati




Elabdellaui Norvegiya terma jamoasidagi debyutini 2006-yil 8-avgustda Polsha U15ga qarshi oʻyinda qilgan. Elabdellaoui 15 yoshgacha boʻlganlar jamoasida yana bitta oʻyin oʻtkazdi. Keyinchalik 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasida sakkizta oʻyinda bitta gol urdi. 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oltita va 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻn bir oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Elabdellaui ilk bor Norvegiya terma jamoasiga 2013-yilning avgustida Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan va oʻsha oʻyinda debyut qilgan.

Shaxsiy hayoti



Elabdellaui kelib chiqishi marokashlik. Mohammed Abdellaoue va Mustafo Abdellaouening amakivachchasi.

Faoliyat statistikasi



Klubda



1-may, 2022-yil[31]

Xalqaro



22-yanvar, 2021-yilgi holat boʻyicha.[31]

Yutuqlari



Olympiacos

Norvegiya U21

Individual




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz