Omar al-Hassi




Omar al-Hassi (arabcha: عمر الحاسي) Benghazi universitetidagi Liviya siyosati boʻyicha professor. U Tripolidagi Bosh Milliy Kengash boshchiligidagi Milliy Najot Hukumati (National Salvation Government) Bosh Vaziri boʻlgan.

Tarjimai hol



Omar al-Hassi 1959-yil 30-martda Liviyaning Benghazi shahrida tugʻilgan. U Sharqiy Liviyadagi kuchli qabilalardan biri hisoblangan Hassa qabilasi (قبيلة الحاسة) aʼzosi. U Benghazi universitetida strategik rejalashtirish boʻyicha professor va The Middle East and Mediterranean Peace Research instituti prezidenti hisoblanadi.

Al-Hassi 2014-yil 29-aprelda Liviya parlamentida oʻtkazilgan bosh vazirlik uchun boʻlgan saylovning birinchi bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan. Ammo jarayon keyinchalik Oliy Sud tomonidan noqonuniy deb topiladi. U 29-aprelda, yaʼni saylovning 2-boshqichida Ahmed Maiteeq bilan raqobatlashmoqchi boʻlib tugan paytda parlamentga ovoz berish jarayonini oldini olish maqsadida qurolli shaxslar bostirib kiradi. Keyin al-Hassi 2014-yil 6-sentabrdan 2015-yil 31-martgacha gʻarbiy Milliy Najot Hukumatining Bosh vaziri lavozimida ishlaydi.

2015-yil 31-martda al-Hassi Bosh Vazirlik lavozimini tark etadi. Lekin Al-Hassi u noqonuniy ravishda ishdan boʻshatilayotganligi sababli chiqarilgan qarorni qabul qilish-qilmaslikni hal qilishdan oldin o'zini qoʻllab-quvvatlagan qurolli guruhlar („inqilobiy sheriklari“) bilan maslahatlashishini aytib oʻtadi.

Post prime minister position



2016-yil 1-dekabrda u Inqilobiy oliy kengash tuzilganligini eʼlon qiladi.

2018-yil 12-may kuni al-Hassi doktor Mahmoud Refaat bilan Liviyada tinchlik uchun xalqaro harakat guruhiga asos solgan. Bu siyosiy va huquqiy guruh Tunis davlati poytaxti Tunisda tuzilgan. Shuningdek, bu guruh asosan liviyalik siyosatchilar va xalqaro huquq ekspertlaridan iborat boʻlib, vazifasi Liviyada urush jinoyatlarni sodir etganlarni sudga berish hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz