Omakase
Omakase (yaponcha: お任せ 任せる dan — „topshirish“) — „sizga ishonaman“ maʼnosini beruvchi yaponcha jumla.
Nutqda qoʻllanilishi
Ushbu ibora sushi restoranlariga tashrif buyuruvchilar tomonidan qoʻllaniladi va mijoz sushi tanlashni oshpazning ixtiyoriga qoldirishini bildiradi. Oshpaz odatda yengilroq taomlardan boshlab, ogʻirroqlarigacha boʻlgan bir qator taomlarni taqdim etadi. Bu ibora faqatgina guruchli va xom baliqdan tayyorlangan sushiga tegishli emas. U gril, qaynatish yoki boshqa pishirish usullarini oʻz ichiga olgan boʻlishi mumkin.
Xususiyatlari
Omakase uslubi uchun buyurtma bergan mijozlar oshpazdan taom tanlashga oʻzgacha yondashishi va tayyor ovqatning hayratlanarli boʻlishini kutishadi, bunday taomni sanʼat asari bilan taqqoslash mumkin. Omakase buyurtma qilish baʼzida qimor oʻyiniga aylanib ketadi, bunda mijoz eng yaxshi sifatga ega baliq tatib koʻradi va menyudan taom buyurtma qilgandan koʻra arzonroqqa tushadi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org