Omadoy Otaqo'ziyeva




Omadoy Otaqoʻziyeva (1996-yil 4-aprelda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi. U Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 75 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2017-yilda u Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarida 75 kg vazn toifasida ayollar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u 2017-yilda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Yopiq inshootlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida ham kumush medalni sovrindori boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz