Omad hamisha kelavermaydi




Omad hamisha kelavermaydi (ruscha: Раз на раз не приходится) — rejissyor Araik Gabrielyan tomonidan suratga olingan komediya, satirik badiiy film.

Mazmuni



Qamoqxonadan endigina ozod etilgan Papashin qurilish trestiga ishga joylashadi va u yerda prorab vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi. Unga ikki ishchi biriktiriladi. Brigadaning vazifasi eski binolarni buzishdan iborat edi. Ular buzilayotgan uylardan birining pechida berkitib qoʻyilgan oltin quymalardan iborat xazinani topib oladilar. Shunday qilib bu shovvozlar bir dilemmaga duch kelishdi: xazinani davlatga topshirish yoki uni noqonuniy tarzda sotish. Ular ikkinchi variantni tanlaydilar, ammo Sovet davrida bunday xazinani sotish va hatto shunchaki yashirish ham juda qiyin ishlardan biri edi. Ushbu xazinani qanday saqlash haqida bosh qotirib uchovlon oʻz uyqu va tinchligini yoʻqotadilar, natijada ular ushbu xazinadan ayriladilar.

Rollarda




Suratga olish guruhi




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz