Oltintepa koʻchasi (Toshkent)




Oltintepa koʻchasi  — Mirzo Ulugʻbek tumanining „Oltintepa“, „Boʻzariq“, „Alpomish“ mahallalari, Yashnobod tumanining „Doʻstlik“ mahallasi hududida. Parkent va Doʻrmon yoʻli koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 3 km atrofida.

XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. Dastlab Voroshilov, 1962-yil 12-iyulda Tsiolkovskiy nomi berilgan. 2008-yil 6-maydan Oltintepa koʻchasi nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 5 ta tor koʻcha bor.

Yoʻnalishida Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari instituti, 196-bogʻcha, 130-maktab, avtomobil taʼmirlash ustaxonasi, gʻisht zavodi, akkumulyator sexi, „Golden Xill“ restorani, „Yevraziya“ kafesi, savdo shoxobchalari, avtobaza, goʻzallik saloni joylashgan. Yaqinida Qorasuv 6-mavzesi, Parkent bozori bor. Qorasuv kanali okib utadi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz